Bokschilarimiz Xitoydagi turnirda 8 ta medal qo‘lga kiritishdi

10-17 iyul kunlari Xitoyning Szuni shahrida boks bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etdi. Yakunda bokschilarimiz musobaqani 3 ta oltin, 1 kumush va 4 ta bronza medallari bilan yakunlaydigan bo‘lishdi.

Oltin medal:
-63,5 kg: Abdulloh Madaminov
+92 kg: Arman Maxanov
-66 kg: Dilfuza Bekova

Kumush medal:
-57 kg: Nigina O‘ktamova

Bronza medal:
-71 kg: Samandar Habibullayev
-50 kg: Zilolaxon Yusufova
-54 kg: Muxlisa Xushvaqtova
-60 kg: Rashida Tagirova

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter