Tyago Silva – «Borussiya D» bilan durang haqida: «Biz munosib o‘ynadik»
«Fluminense»ning eng tajribali himoyachisi Tyago Silva klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining dastlabki turida Dortmundning «Borussiya» klubi bilan durang (0:0) haqida fikr bildirdi.
«Mening o‘yinimga kelsak, menimcha, uddaladim. Ammo asosiysi, jamoa munosib ko‘rindi. «Borussiya» – juda kuchli raqib. Ularning besh himoyachidan iborat chizig‘i deyarli bo‘sh joy bermaydi, bunday himoyani yorib o‘tish qiyin. Zo‘riqishga bardosh bera olganimizdan xursandman. Endi keyingi o‘yingacha tiklanish va tetik bo‘lish muhim,» – deya faxriyning so‘zlarini keltiradi FIFA matbuot xizmati.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/