Donnaruma «Milan»ga qaytishi mumkin

Italiyalik darvozaboni Janluiji Donnaruma bilan shug‘ullanuvchi agent Enso Rayola uning Italiyaning «Milan» klubiga qaytishiga ruxsat berdi.

Eslatib o‘tamiz, Donnarumma Italiya klubida 2021 yilgacha to‘p tepgan, keyin esa Fransiyaning «PSJ» klubiga o‘tgandi.

«Nega bunday transfer bo‘lmas ekan? Pol Pogba «Yuventus»dan «Manchester Yunayted»ga o‘tib, yana qaytib kelgan.

Men g‘ayrioddiy narsani ko‘rmayapman. «Milan» eng yaxshi formada bo‘lmasa ham, hurmat va muhabbatga loyiq klub, Jiji ulardan juda minnatdor», – deya Rayolaning so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter