Lodi: «Anchelotti maydonda hammani yarashtirishni biladi»

Renan Lodi hali Braziliya terma jamoasiga chaqiruv olmagan bo‘lsa-da, «Selecao»ning yangi murabbiyi Karlo Anchelottining qobiliyatini yuqori baholaydi.

«Vinisius «Real»ga kelganida eng yaxshi holatda emas edi. Anchelotti Viniga mehribonlik ko‘rsatdi va unga imkoniyat berdi.

Bir-ikki yil o‘tib u allaqachon eng yaxshilardan biri bo‘lib qoldi. Anchelotti nafaqat Vinisius uchun, balki butun «Real Madrid» uchun hammasini o‘nglab oldi.

Anchelotti maydonda hammani yarashtirishni biladi», dedi Lodi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter