Pakyao Meyvezerni o‘zining eng yaxshi TOP-5 raqiblari qatoriga kiritmadi
Filippinlik sobiq jahon chempioni Menni Pakyao o‘zining eng yaxshi besh nafar raqibini sanab o‘tdi.
Uning ro‘yxatiga Marko Antonio Barrera, Erik Morales, Xuan Manuel Markes, Oskar De La Xoyya, Migel Kotto va Antonio Margarito kiritilgan.
Shuningdek, Pakyao nima uchun amerikalik Floyd Meyvezerni bu ro‘yxatga kiritmaganini tushuntirdi:
«U jang qilmagan. U 12 raund davomida faqat qochdi. U shunday uslubda yutishga erishardi. Rostini aytsam, muxlislar uning zerikarli janglarini ko‘rganlariga achindim. Bu kurash emas, biz, jangchilardan kutiladigan narsa emas», — dedi Pakyao.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/