«Bavariya» Meksikadan darvozabon xarid qilmoqchi
«Krus Asul» darvozaboni Kevin Myerga «Bavariya» qiziqish bildirmoqda.
Myunxen grandi kolumbiyalik futbolchining muvaffaqiyatini kuzatib bormoqda, uni sotishdan Meksika klubi kamida 15-20 million yevro ishlab olmoqchi, deya xabar bermoqda El Universal.
O‘tgan mavsumda 24 yoshli futbolchiga da’vogarlar qatorida Angliya premyer-ligasi vakillari ham ko‘rsatilgan edi.
Kevin Myer joriy Meksika chempionatida 21 ta o‘yin o‘tkazib, jami 19 ta gol o‘tkazib yuborgan. Darvozabonning «Krus Asul» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/