«Bavariya» va «MYU» de Ligt borasida kelisha olmayapti

«Bavariya» va «Manchester Yunayted» Matteys de Ligtning bahosiga kelisha olmayapti.

«Mankunianliklar» bosh murabbiyi Erik ten Xag 24 yoshli himoyachini sotib olishga qiziqmoqda, u hozirda klub bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokara olib bormoqda.

Jurnalist Kristian Falkning xabariga ko‘ra, «Bavariya» 70 million yevrogacha olishni xohlaydi, ammo «Manchester Yunayted» atigi 35 million yevro to‘lashga tayyor.

Qayd etilishicha, myunxenliklarning yangi bosh murabbiyi Vensan Kompani de Ligtni o‘z rejalariga kiritmayapti va kelasi mavsumni boshqa himoyaviy futbolchilarni hisobga olgan holda rejalashtirmoqda.

O‘tgan mavsumda niderlandiyalik futbolchi Bundesligada 22 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter