Fyullkrug Daniyaga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushadimi?

Hujumchi Niklas Fyullkrug Germaniya terma jamoasining Daniyaga qarshi Yevropa chempionati 1/8 finalida asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin. Bu haqda Sky nashri xabar beradi.

Manbaning xabariga ko‘ra, Niklas Fyullkrug ham, Kay Xavers ham asosiy tarkibdan joy olish variantini inkor etib bo‘lmaydi. Bunda Florian Virs zaxirada o‘tiradi. Biroq yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.

Qayd etilishicha, Antonio Ryudiger so‘nggi mashg‘ulotlarda ishtirok etgan. Himoyachi Daniyaga qarshi maydonga tushadimi yoki yo‘qmi keyinroq hal bo‘ladi. Yevro-2024 doirasidagi Germaniya va Daniya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 29 iyun, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter