«Milan» futbolchisi bilan yangi shartnoma imzolaydi

Kevin Dzeroli o‘zining agenti Rafaela Pimenta bilan gaplashib oldi va o‘z kelajagi borasida bir qarorga keldi.

U «Milan» bilan uzoq muddatli yangi shartnoma imzolashga tayyor.

19 yoshli italiyalik yarim himoyachi joriy mavsumda yoshlar jamoasida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

2028 yilgacha mo‘ljallangan kelishuvga erishiladi va 19 yoshli futbolchi endi «rossonerilar» bilan yangi shartnomani qog‘ozga tushirishga tayyor.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter