«Great Silk Way-2024»: Bugun janglardan so‘ng 7 nafar bokschimiz finalga chiqdi

Bugun Ozarbayjonda bo‘lib o‘tayotgan «Great Silk Way-2024» xalqaro turnirning yarim final bahslari o‘tkazildi. Xabar berganimizdek 12 nafar bokschimiz final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tarilishdi.

Ularda esa Shahina Ne’matova, Shodiyorjon Meliqo‘ziyev, Sayat Ilyasov, Baxtiyor Asadov va Shavkatjon Boltayev o‘z uchrashuvlarida imkoniyatni boy berib qo‘ydilar va musobaqani bronza medallari bilan yakunladilar.

Finalga yo‘l olgan bokschilarimizning natijalari bilan tanishing:

-51 kg: Asilbek Jalilov – Alessio Kamiolo (Italiya) 5:0

-54 kg: Xo‘janazar Nortojiyev – Riqi Mustafa (Eron) 5:0

-57 kg: Hudoynazar Fayzov – Sanjay Seidekmatov (Qirg‘iziston) 3:2

-63,5 kg: Abdulloh Ma’daminov – Malik Hasanov (Ozarbayjon) 3:2

-71 kg: Bekzod Hamidov – Dominik Enekes (Vengriya) 5:0

-75 kg: Saidjamshid Jafarov – Kamran Shahsuvarliy (Ozarbayjon)5:0

-75 kg: Javohir Ummataliyev – Mirsharif Kazimzada (Ozarbayjon) (3 raundda g‘alaba)

Ertaga turnirning final bahslari bo‘lib o‘tadi.

Manba: https://t.me/boxinguzbekistan

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter